Malaka oshirish

Kasbiy mahoratingizni yangi bosqichga olib chiqing

Xalqaro malakalar va baholash markazi ta'lim sohasi mutaxassislari uchun professional kompetensiyalarni rivojlantirishga qaratilgan malaka oshirish dasturlarini xalqaro professional standartlar, ilg'or xorijiy tajriba va zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida ishlab chiqadi va muvofiqlashtiradi

Xalqaro malaka oshirish dasturi — Markaz tomonidan xorijiy hamkor universitetlar bilan hamkorlikda yoki mustaqil ravishda ishlab chiqiladigan, xalqaro sifat ta'minoti standartlariga muvofiq tuzilgan professional rivojlanish dasturidir. Asosiy maqsad — ta'lim tizimi xodimlarining professional salohiyatini oshirish va ularning zamonaviy ta'lim talablariga mos faoliyat yuritishini ta'minlash.

Asosiy tushunchalar

GLH

Guided Learning Hours — dastur davomida ishtirokchi tomonidan rahbarlik ostida o'tkaziladigan o'quv soatlari o'lchov birligi.

TQT

Total Qualification Time — dasturni muvaffaqiyatli yakunlash uchun zarur bo'lgan umumiy vaqt hajmi.

JEPD

Job-Embedded Professional Development — ishtirokchining o'z ish joyida amalga oshiriladigan, amaliyotga yo'naltirilgan malaka oshirish shakli.

Xalqaro standartlarga asoslanish

1

To'liq offline

Ishtirokchilar bevosita auditoriya mashg'ulotlarida qatnashadi

2

Aralash (blended)

Majburiy offline bosqich va onlayn mentorlik bosqichlaridan iborat

3

To'liq onlayn

Istalgan joydan, masofaviy formatda ishtirok etish imkoniyati beriladi.

Ishtirokchilarni qabul qilish

Kimlar ishtirok etadi

Ta'lim tashkilotlarining rahbar xodimlari, professor-o'qituvchilari va boshqa pedagogik kadrlar dasturlarda ishtirok etishi mumkin.

Batafsil

Qabul mezonlari

Qabul mezonlari har bir dastur uchun alohida belgilanadi va barcha nomzodlar uchun ochiq e'lon qilinadi.

Batafsil

Ro'yxatni tasdiqlash

Tanlangan ishtirokchilar ro'yxati Markaz tomonidan ko'rib chiqiladi va rasmiy tasdiqlanadi.

Batafsil

Baholash va sertifikatlash

Baholash

Ishtirokchilarning bilim va ko'nikmalari ikki bosqichli moderatsiya tizimi asosida baholanadi.

Apellyatsiya

Baholash natijalariga nisbatan apellyatsiya berish tartibi oldindan ma'lum qilinadi.

Akademik halollik

Sun'iy intellekt vositalaridan foydalanish bo'yicha akademik halollik siyosati barcha dasturlarda joriy etiladi.

Sertifikat

Dasturni yakunlagan ishtirokchilarga GLH/TQT ko'rsatkichlari va mazmuni ko'rsatilgan sertifikat beriladi.

Malaka oshirish | IQAC